Biz siz bilan birgamiz!
BatafsilBiz haqimizda:
Biz ishonamiz: Agar bolada dars qiladigan joy bo‘lsa – unda orzu qilishga ham joy bor.
“Xayrina” xayriya fondi – bu ta’lim orqali kelajakni o‘zgartirishni maqsad qilgan ijtimoiy tashabbusdir.
Biz esa har bir bolani:
✅ Shaxsiy o‘quv muhiti
✅Zarur darsliklar
✅ Munosib oyoq kiyim
bilan ta'minlashni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz.
Loyiha quyidagi hududlarni qamrab oladi:
- O‘zbekiston (ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar)
- Afg‘oniston (o‘zbekzabon bolalar yashaydigan hududlar)
Biz mahalliy hamkorlar, maktablar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ehtiyojmand bolalarni aniqlaymiz va ularga o‘quv materiallari, qulay o‘quv muhiti va maktab uchun oyoq kiyimlar taqdim etamiz. Bizning maqsadimiz har bir bolaga ta’lim olish uchun teng imkoniyat yaratish va ularning kelajagini yaxshilashga yordam berishdir.
Qanday yordam berishingiz mumkin?
1️⃣ Bir bolaga homiy bo‘ling
Bir bolaning to‘liq ta’minoti uchun o‘rtacha: 850 000 so‘m
2️⃣ Qisman yordam
- Dars stoli
- Darslik
- Oyoq kiyim
3️⃣ Korporativ hamkorlik
Tashkilotingiz yoki oʻzingizni nomingizdan 10, 50 yoki 100 bolaga homiylik qilishingiz mumkin.
Ushbu QR kodni skanerlash orqali yoki ushbu to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.